Birlashgan Arab amirliklarida 52 ming kompaniya yangi xodimlarni ishga yollash va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaganligi uchun 140 mingta jarima qo‘llandi. Bu haqda mamlakat Inson zaxiralari vazirligi hisobida ma’lum qilindi, deya xabar beradi UAE Inside.
Vazirlik vakillariga ko‘ra, mamlakatda qayd etilgan kompaniyalarning 15 foizga yaqini jarimaga tortildi.
BAAda ishchi-xodimlar bilan shartnomalarni noto‘g‘ri rasmiylashtirishganlik uchun jarimalar qo‘llash bo‘yicha yangi qoidalar qabul qilingani bunga turtki bergani bildirilmoqda.
Izoh (0)