Qo‘shma Shtatlar mintaqada barqarorlikni ta’minlash uchun Osiyodagi harbiy ishtirokini saqlashda davom etadi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis Osiyo-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik masaalari bo‘yicha xalqaro konferensiyadagi chiqishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz harbiy ishtirokimizni saqlashda davom etamiz. Shuningdek, mintaqada barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha diplomatik choralarni qo‘llashni ham davom ettiramiz. Biz mazkur mintaqaga, jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Indoneziya va Avstraliya bilan munosabatlarga ustuvor e’tibor qaratamiz”, — ta’kidladi Jeyms Mettis.
Pentagon rahbari Qo‘shma Shtatlar Janubiy Xitoy dengizi akvatoriyasida parvozlar va patrullashni davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Vashingtonning Pekin bilan umumiy manfaatlari ko‘pligi, ular, jumladan, terrorizmga qarshi kurash, Koreya yarimorolidagi vaziyatni qamrab olishini bildirdi.
Izoh (0)