Saratov viloyatidagi Balashov aerodromida An-26 samolyoti qattiq qo‘nishi oqibatida bir harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Bir harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Ekipajning 5 nafar a’zosi qidiruv-qutqaruv xizmati vertolyotida tibbiy muassasaga yetkazildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
30-may, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 05:40 da o‘quv-mashq parvozi davomida Balashov aerodromiga qo‘nish chog‘ida samolyot pasayish parametrlariga dosh berolmadi.
Qo‘nish payti havo kemasi yonib ketdi. Uning bortida 6 kishidan iborat ekipaj bor edi.
Izoh (0)