IShID jangarilari Bag‘dod markazidagi portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Birinchi portlash terrorchi bomba bilan jihozlangan avtomobilda asosan shialar istiqomat qiluvchi Abu-Dashir dahasiga kirayotganida, tekshiruv vaqtida sodir bo‘lgan. Ikkinchi xudkush Abu-Dashirdagi politsiya mahkamasi yaqinida mashinani portlatib yubordi.
Portlashlar qurbonlari soni kamida 13 kishini tashkil edi. Yana 24 kishi jarohat oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)