1983—1989-yillarda Panama yetakchisi bo‘lgan Manuel Noryega 83 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Noryega AQSh harbiy operatsiyasi natijasida hokimiyatdan ajraldi, so‘ngra esa u narkotiklar savdosi va tovlamachilik uchun 40 yilga qamaldi. Keyinroq ushbu muddatni 30 yilgacha qisqartirishdi.
2007-yilda Noryegani Mayamidan Fransiyaga ekstraditsiya qilishdi, u yerda uni pul yuvishda ayblashdi va yetti yilga ozodlikdan mahrum qilishdi. 2011-yilda esa uni vatani Panamaga qaytarib kelishdi. 2012-yilda Noryega insultni boshidan kechirdi, shu yilning martida esa miya shishini olib tashlash uchun uni operatsiya qilishdi.
Izoh (0)