2017-yilning 29-may kuni Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Hudak boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, qator vazirlik va idoralarda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis yuqori palatasining 27-may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Komilov vazirlik Yevropa investitsiya banki bilan bitim tuzish ustida faol ish olib borayotganini e’lon qilgandi.
Izoh (0)