Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan navbatdagi so‘rov Putinga respondentlarning 49,6 foizi ishonishini ko‘rsatdi, deb yozadi “Mk.ru”.
U jamoatchilik fikri bo‘yicha muqarrar yetakchi bo‘lib qolmoqda, ammo faqat may oyining o‘zidayoq 1 foiz ovozlarni yo‘qotdi. Uning reytingi ko‘p yillar davomida birinchi marta 50 foizdan pasaydi. Sergey Shoygu esa bu paytda 3 foiz ovoz to‘pladi va prezidentdan keyingi ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Shu bilan bir vaqtda ishonchsizlik reytingi ham tuzildi, unda Vladimir Jirinovskiy yetakchilik qildi, Medvedev esa ikkinchi bo‘ldi.
Siyosiy texnologiyalar markazi bosh direktori Igor Bunin aytishicha, Putinning reytingi abadiy baland bo‘lib qolmaydi, ertami, kechmi, u asta-sekinlik bilan pasayadi. Ammo Putinga nisbatan ishonchning pasayishi jiddiy bo‘lmaydi, chunki u aholining katta qismi tomonidan Rossiya ramzi sifatida qabul qilinadi.
“Shoyguni esa respondentlar u ishonch ramzi bo‘lgani uchun qadrlashadi”, — dedi Bunin. Medvedevning reytingi tushib ketishini esa u Navalniy fosh qilgan kirdikorlar bilan bog‘ladi.
Izoh (0)