Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Londondagi do‘konlardan birida paypoq sotib olayotgan paytida smartfonlar obyektivlariga tushib qoldi, deb yozadi “Mk.ru”.
Videoda sobiq bosh vazir kassaga navbatsiz o‘tganini ko‘rish mumkin. “U endi bosh vazir emas-ku, nima uchun unga boshqacha munosabatda bo‘lishlari kerak, tushunmayman”, — deya norozi bo‘ldi rolik muallifi.
Ammo kassada siyosatchi o‘ziga mos bo‘lmagan o‘lchamdagi paypoqni olgani ma’lum bo‘ldi va uni almashtirishiga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)