Har yili o‘tkaziladigan “Dr. Plyaj” so‘roviga ko‘ra, Florida shtatidagi Sarasota shahrida joylashgan Siesta Beach plyaji AQShning eng yaxshi plyaji deb topildi. Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Mauidagi Kapalua-Bey plyaji egalladi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Ro‘yxatni tuzuvchi ekspert Florida xalqaro universiteti professori Stiven Leterman plyajlarni baholash uchun 50 ta omildan foydalandi. Omillar tarkibiga suvning va qumning sifati, xavfsizlik va plyaj holatini nazorat qilishdagi ekologik metodlar kiradi. Agar plyajda chekish taqiqlangan bo‘lsa, u bonus ballarni qo‘lga kiritadi.
10 ta eng yaxshi plyaj reytingiga eng ko‘p Floridadagi plyajlar kirgan. Ikkinchi o‘rinda Gavayi — ular ikkita o‘rinni egalladi.
Izoh (0)