Gretsiyaning sobiq bosh vaziri Konstantinos Mitsotakis 99 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mitsotakis Kritdagi Xanya shahrida tug‘ilgandi. U taniqli siyosatchi, mamlakatning ko‘p karra bosh vaziri Elefterios Venizelosning qarindoshi, hozirda asosiy muxolifat partiyasi bo‘lgan “Yangi demokratiya” yetakchisi Kiriakos Mitsotakisning otasidir.
Konstantinos Mitsotakis 1977-yilda “Yangi liberalllar” partiyasiga asos soldi. Oradan bir yil o‘tib, partiyasi a’zolari bilan birgalikda “Yangi demokratiya” safiga kirdi, keyinchalik uni boshqardi.
1990—1993-yillarda Gretsiya bosh vaziri lavozimini egalladi. 1993-yili saylovlarda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng “Yangi demokratiya” rahbarligini tark etib, uning faxriy raisi bo‘lib qolgandi.
Izoh (0)