Xitoyda yo‘lovchi samolyoti ishchilar texnik xizmat ko‘rsatish davomida shassiga ilib qo‘ygan va yoddan chiqargan sumka bilan parvoz qildi hamda qo‘ndi. Bu haqda “Vesti.ru “ xabar bermoqda.
Hodisa 22-may kuni Pekin — Lanchjou reysini bajargan Air China samolyoti bilan ro‘y berdi. Xitoy poytaxtining “Shoudu” aeroportida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatadigan Ameco kampaniyasi logotipi tushirilgan sumka shassida osilib turgani fotolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Fotoga ilova qilingan matnda sumkani samolyot ko‘tarilayotganda va qo‘nayotganda soatiga 100 kilometr tezlikdagi shamol uchirib ketolmagani bildirilgan.
Nazariy jihatdan olib qaraganda, unutib qoldirilgan sumka shassi ochilishi va yopilishida jiddiy texnik muammolarga olib kelishi mumkin.
Pekin va Lanchjou oralig‘idagi masofa 1500 kilometr chiqadi, ikki shahar o‘rtasidagi parvoz 2,5 soat davom etadi.
Izoh (0)