23-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Manchesterda terakt yuz berdi, 22 kishi halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev sodir bo‘lgan terakt yuzasidan Tereza Meyga hamdardlik bildirdi.
2. Shavkat Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi. Rossiya ichki ishlar vaziri O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
3. O‘zbekistonda yangi GlobUzCard to‘lov tizimi yaratilmoqda. Yangi to‘lov tizimi Visa, MasterCard, Union Pay International, JCB, American Express, Diners Club va boshqa xalqaro to‘lov tizimlari bilan aloqalar o‘rnatadi.
4. Toshkentni o‘zgartiradigan Yan Geyl: Yo‘llar emas, ko‘chalar qurmoq kerak. Nyu-York, Moskva, Olmaota qiyofasini o‘zgartirgan arxitektor endi Toshkentni odamlarga qulaylashtirish uchun tavsiyalar tayyorlaydi.
5. Foto: O‘zbekiston va AQSh prezidentlarining barcha uchrashuvlari. 1996-yili Islom Karimov Oq uyda Bill Klinton bilan uchrashgan edi.
Izoh (0)