AQSh qurolli kuchlari 23-may, seshanba kuni “Araviya yarimorolidagi Al-Qoida” jangarilar guruhiga qarshi reyd o‘tkazdi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Ta’kidlanishicha, jangarilar o‘qotar qurollar va aviazarbalar yordamida yo‘q qilingan.
“Bu operatsiya Yaman qirollik hukumati yordamida amalga oshirildi. AQSh o‘zining arab ittifoqdoshlari bilan mintaqadagi barqarorlikni ta’minlash uchun “Araviya yarimorolidagi Al-Qoida” kabi mashhur terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashishda ularga yordam ko‘rsatishda davom etadi”, — deya ta’kidlandi qo‘mondonlik xabarida.
AQSh so‘nggi yillarda Yamandagi “Al-Qoida” tashkilotiga doimiy zarbalar berib kelmoqda, biroq bu zarbalarning barchasi havo orqali edi. Ammo prezident Donald Trampning yangi ma’muriyatida AQSh bir necha bor terrorchilarga qarshi quruqlikda ham reydlar o‘tkazdi.
Izoh (0)