AQSh prezidenti Donald Tramp Ar-Riyoddagi musulmon davlatlari yetakchilari bilan uchrashuvda Amerika islom bilan emas, terrorchi guruhlar, jumladan, Yaqin Sharqdagi jangarilar bilan kurashayotganini bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
AQSh yetakchisi buni “yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash” deb atadi. Trampga ko‘ra, “Amerika mintaqa davlatlari bilan xavfsizlik bo‘yicha umumiy manfaatlar himoyasi tarafdori, biroq Yaqin Sharq Vashington uning uchun dushmanni yakson qilishini kutmasligi lozim”.
“Yaqin Sharq xalqlari kelajagini o‘zi belgilashi kerak. Bu ikki yo‘l o‘rtasidagi tanlov, buni Amerika Siz uchun hal qilolmaydi. Mamlakatlaringiz terrorchilar, ekstremistlarni quvib chiqargandagina yorqin kelajak haqida orzu qilish mumkin”, — deya ta’kidladi Tramp.
Izoh (0)