Suriyaning Xoms shahrida Al-Vayer dahasidan jangarilarni olib chiqish yakunlandi, ularning oxirgi kolonnasi Jarablus tomonga yo‘l oldi. Shu tariqa shahar to‘liq Suriya armiyasi nazorati ostiga o‘tdi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Xomsning o‘zida faqat uylarini tark etishni istamagan fuqarolar qoldi. Al-Vayer markaziy maydonida viloyat gubernatori ishtirokida Suriya davlat bayrog‘i ko‘tarildi.
Al-Vayerga sapyorlar kirganidan so‘ng OAV vakillariga oxirgi ozod etilgan dahani shaxsan ko‘rishga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinadi.
Izoh (0)