BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Liviyadagi aviabazaga uyushtirilgan hujum oqibatida 140 dan ortiq kishi, jumladan, tinch aholi o‘ldirilganidan xavotir bildirdi. Bu haqda xalqaro tashkilot rahbari devonxonasi tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bosh kotib Liviya janubidagi aviabazada harbiy harakatlar avj olganidan chuqur xavotirda va barcha tomonlarni o‘zini tiyish hamda tinchlikni tiklashga chaqiradi. U, xususan, qurbonlar soni ko‘pligi, shuningdek, tinch aholi vakillari o‘ldirilganidan tashvishda. Agar mazkur ma’lumotlar tasdiqlansa, buni harbiy jinoyat hisoblash mumkin”, — deyiladi bayonotda.
Guterrishga ko‘ra, Liviyadagi vaziyat mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni yo‘qligidan dalolat beradi. Shu sababli u barcha tomonlarni mamlakatda hukm surayotgan inqirozni siyosiy jihatdan bartaraf etishga chaqirdi.
Izoh (0)