O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2017—2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017—2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida Avayxon va TTZ-4 mavzesi ko‘chalari ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligining Facebook’dagi sahifasi xabar berdi.
Hozirda Musavvirlar ko‘chasini kapital ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Shuningdek, Turon va Azamat mahallalari ko‘chalarini ta’mirlash ishlari yakunlangan.
Izoh (0)