Qashqadaryo viloyatidagi “Lochin” oromgohida “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlarining XVI Respublika anjumani o‘z ishini boshladi. Bu haqda “Daryo”ga anjuman matbuot xizmati vakili Hojikbar Pattayev ma’lum qildi.
Anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan 600 nafardan ortiq sardor ishtirok etmoqda.
Ularga yuqori malakali mutaxassislar va iqtidorli yoshlar vakillaridan iborat trenerlar guruhi tomonidan turli yo‘nalishlarda mahorat darslari o‘tiladi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar haqida batafsil tushuncha beriladi.
Sardorlar anjumani 27-mayga qadar davom etadi.
Izoh (0)