Rossiya ichki ishlar vazirligining ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev boshchiligidagi delegatsiyasi 22-may kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda, RF IIVga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tashrif Samarqanddan boshlandi. U yerda Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi.
O‘zbekiston IIV xabariga ko‘ra, Samarqandda Vladimir Kolokolsevni O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov kutib oldi.
23-may kuni Toshkentda Rossiya IIV delegatsiyasining O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, mahalliy ichki ishlar organlari bo‘linmalariga tashriflar rejalashtirilgan.
Ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklarining o‘zaro hamkorligi yuzasidan bayonnoma imzolash rejalashtirilmoqda. Aytilishicha, bu yaqin kelajakda ikki davlat ichki ishlar vazirliklarining o‘zaro manfaatli va konstruktiv ishlashi uchun zamin hozirlaydi.
Izoh (0)