Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 11-turida Toshkentning uch grand klubi 2 tadan ochko yo‘qotdi.
“Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari o‘rtasidagi Toshkent derbisida g‘olibni aniqlab bo‘lmadi — 1:1. Doston Hamdamov tomonidan urilgan golga mehmonlardan Stanislav Andreyev javob qaytardi.
Mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” esa Qo‘qonda 2 ochko boy berdi. “Qo‘qon—1912”ga qarshi bellashuvda “temiryo‘lchilar” joniga bu safar ham Marat Bikmayev oro kirdi.
11-turning qolgan olti bellashuvi ertaga — 18-may kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 11-tur bellashuvlari 17-may, chorshanba
Izoh (0)