Suriyaning Xoms shahrida turgan jangarilarning yana bir katta guruhi shaharni tark etdi, 400 dan ortiq odam hukumat qo‘shinlariga taslim bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Xoms shahrining al-Vayer kvartalida jangarilarning yana bir katta guruhi hamda ularning oila a’zolari Idlib viloyatiga olib chiqib ketildi. Bu guruhda 2613 kishi bo‘lib, shulardan 460 nafari jangarilardir”, — ma’lum qilindi Suriya televideniyesi orqali.
Bundan tashqari, 428 kishi qurollarni topshirib, taslim bo‘ldi.
“Ularning maqomi amnistiya to‘g‘risidagi farmon asosida nazoratga olinadi”, — ta’kidladi telekanal jurnalistlari.
Jangarilarni olib chiqishning o‘ninchi bosqichi 13-may kuni Suriya hukumati va noqonuniy qo‘shilmalar o‘rtasida erishilgan kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda. Kelishuvga binoan, al-Vaer sakkiz hafta davomida to‘laligicha jangarilardan tozalanishi lozim. Jumladan, 15-may kuni yuz nafar jangari shaharni tark etdi.
Izoh (0)