Fransiya yangi prezidenti Emmanuel Makronning inauguratsiya marosimida DS markasidagi yangi krossover — DS 7 Crossback qatnashdi, deb yozadi “Motor”. Aynan shu avtomobilda u Yelisey maydonidan o‘tdi.
DS 7 Crossback Yevropada rasman bir necha oylardan so‘nggina sotuvga chiqadi. Inauguratsiya marosimi uchun avtomobilning tashqi ko‘rinishini biroz o‘zgartirishdi — unga surilib ochiladigan tom va davlat bayroqlarini mahkamlash uchun maxsus moslamalar o‘rnatildi. 2012-yilda DS markasidagi boshqa bir avtomobil — DS 5 Fransua Ollandning inauguratsiyasida qatnashgan edi.
DS 7 Crossback krossoveri markaning texnologik jihatdan eng ilg‘or modeliga aylandi. U modulli platformaga qurilgan, 180 gradusga aylanadigan yorug‘lik diodli chiroqlar, tungi ko‘rish tizimi bilan jihozlangan.
Izoh (0)