“Islom birdamlik o‘yinlari”da ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan 9 nafar bokschi orasidan Madiyor Saidrahimov birinchi jangidayoq mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
Misrlik Abdulrahmon Abdul G‘avvod bilan jang qilgan -81 kilogramm vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bunga qadar birinchi g‘alaba Ulug‘bek Do‘stmurodovga tegishli bo‘lgandi. Undan keyin Abdulhay Shorahmatov hamda Mahmud G‘oipov kabi charm qo‘lqop ustalari ham zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston boks terma jamoasi Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida 10 ta imkoniyatdan 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi. “Islom birdamlik o‘yinlari”ga esa boks federatsiyasi uchinchi tarkibni jo‘natgan.
Izoh (0)