Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida Zika virusiga chalinish holati aniqlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ekvadordan qaytgan 28 yoshli qiz kasallikni yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.
Uning aytishicha, mazkur mamlakatda uni chivinlar chaqqan. Yo‘lda qizning harorati ko‘tarilib, toshmalar toshgan, bo‘g‘imlari og‘rigan.
Hozirda bemorning holati me’yorda ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)