Ar-Riyod AQSh hududidagi infratuzilmaviy loyihalarga taxminan 40 milliard dollar kiritmoqchi. Bu haqda Bloomberg Saudiya Arabistonidagi manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Mablag‘ qirollikning Milliy farovonlik jamg‘armasi tomonidan ajratilishi kerak. Ehtimoliy investitsiyalar haqida kelasi hafta boshida, Donald Trampning Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifi chog‘ida rasman e’lon qilinishi mumkin.
Oq uydagi manba olib borilayotgan muzokaralar haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Bu masala uchun AQSh prezidentining kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner mas’ul.
Izoh (0)