AQSh Davlat departamenti Birlashgan Arab amirliklariga Patriot PAC-3 va GEM-T zenit raketalarini sotish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining Mudofaa hamkorligi va xavfsizlik agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Davlat departamenti BAA hukumatiga raketalar sotilishi bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Kelishuvning umumiy summasi 2 milliard dollarni tashkil etadi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Agentlikka ko‘ra, BAA rasmiylari 60 ta Patriot PAC-3 va 100 GEM-T raketalari, shuningdek, ularning butlovchi materiallari hamda ehtiyot qismlarini yetkazib berishni so‘ragan.
Raketalarning mazkur ikki turi mo‘ljallangan Patriot zenit komplekslari amirliklarga 2009-yilda yetkazib berilgan.
Izoh (0)