Toshkentga 70-Kann xalqaro kinofestivalida ishtirok etadigan mahalliy “U” (“Ona”) filmida bosh rolni ijro etgan rossiyalik aktyor va rejissor Dmitriy Dyujev keldi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Dmitriy Dyujev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari uchun master-klass berdi. Uni institut prorektori Davlat Mullajonov, film rejissori Muxlisa Azizova, filmdagi sherigi Ra’no Shodiyeva qarshi oldi.
Dmitriy Dyujev bilan uchrashuv 2 soatdan ortiq davom etdi. U aktyorlik va rejissorlik mahorati sirlari bilan o‘rtoqlashdi, shaxsiy tajribasi haqida hikoya qildi.
“U” filmi taqdimoti O‘zbekiston rus akademik teatrida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Dmitriy Dyujev bu yerda “Yevgeniy Onegin” monospektaklini ham namoyish etdi.
Izoh (0)