Kinofakt: “Yulduzlar jangi” haqidagi siz bilmaydigan sirlar
Londonda bo‘lib o‘tgan Star Wars Identities ko‘rgazmasida “Yulduzlar jangi” ishqibozlari uchun noma’lum bo‘lgan eng hayratlanarli faktlar ma’lum bo‘ldi. Insider nashri ana shu faktlar jamlanmasini taqdim etdi.
Boba Fettning kostyumi to‘laligicha oq bo‘lishi mumkin edi
Dastlab Boba Fettning hujumchilarning elita otryadida bo‘lishi mo‘ljallangan, chunki uning kostyumi birinchi eskizlarda to‘laligicha oq rangda bo‘lgan. Bir nechta kinosinovlardan so‘ng uning kostyumiga to‘q yashil va qizil ranglar qo‘shilgan. Shu tufayli tomoshabinlarga yaxshi tanish qahramonning obrazi shakllangan.
Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Boba Fettning kemasi shakli yo‘ldosh likopcha shakliga o‘xshatilgan. Shuningdek, “Rab-1”ni yaratishda Porsche qismlaridan ham foydalanilgan.
C-3PO kostyumi Entoni Deniels uchun juda og‘ir bo‘lgan
Filmni tasvirga olish vaqtida, ayniqsa, voqealar Tatuin jazirama cho‘lida bo‘lgan sahnalarda, maydonga Deniels suyanishi mumkin bo‘lgan vertikal tayanch o‘rnatilgan.
Lyuk Skayuoker ayol bo‘lishi mumkin edi
Foto: Insider“Yangi umid” ssenariysining uchinchi talqini ustida ishlayotganda Jorj Lukas Lyuk Skayuoker obrazini malika bilan almashtirish haqida o‘ylagan va bir vaqtda malika obrazi ustida ham ishlagan. Yakunda u bu fikrdan qaytgan va filmda ikkala obrazdan ham foydalanishga qaror qilgan.
Uning familiyasi yanada yomonroq taassurot uyg‘otuvchi bo‘lishi mumkin edi
Dastlabki talqinlarda Lyukning familiyasi Starkiller bo‘lgan.
Jabba Xatt dastlab insoniy xususiyatlarga ega bo‘lgan
Foto: InsiderFilmning datlabki eskizlarida gangster yuzi va oyoqlarida insoniy xususiyatlar bo‘lgan. Uning bo‘yi baland va kelishgan bo‘lgan. Filmning dastlabki talqinida Jabbani aktyor o‘ynagan, biroq vaqt va vositalarning yetishmasligi, shuningdek, obyektiv bilan bog‘liq muammolar sababli bu sahna montaj vaqtida kesib tashlangan.
Yoda o‘z ismini Dalay-lama tufayli olgan
Ssenariy yozilishining dastlabki bosqichlarida Lukas Yoda uchun turli ismlarni sinab ko‘rgan, masalan, Baffi va Minch. Bu qahramon uchun prototip bo‘lib Dalay-lama xizmat qilgani uchun Lukas yakunda “Yoda” ismida to‘xtagan.
Yoda obrazi mualliflarini Albert Eynshteyn ilhomlantirgan
Foto: InsiderYodaning tim qora ko‘zlari Eynshteynga tegishli.
Karbonatda muzlatilgan Xan Solo faqat Xarrison Ford emas
Foto: InsiderQo‘l va yuz izlari Fordga tegishli, biroq karbonatli haykalni hosil qilish uchun anonim donor o‘z tanasini qurbon qilgan.
TIE fighter qiruvchisining ovoz effekti ovozlarning g‘alati qorishmasi tufayli yuzaga kelgan
TIE fighter’ning ovoz effekti avtomobilning nam asfaltdagi tovushi va filmning tovushi aralashishi natijasida yuzaga kelgan.
X shaklidagi harakatlanuvchi qanotlarda joylashgan zambaraklar noodatiy tezlikda harakatlanadi. Qiruvchi dizaynini yaratishda ilhom manbai sifatida vesternlardagi soniyaning ulushida qurolini chiqargan qahramonlar xizmat qilgan.
“Ming yoshli lochin”ning burgerga o‘xshash tomonlari ko‘p
Foto: InsiderLukasning fikricha, Xan Soloning kemasi burgerga o‘xshashi kerak bo‘lgan. Uchburchakli qismlar old qismni orqa qismdan ajratish uchun qo‘shilgan.
Dart Veyderning qilichi rang-barang bo‘lishi mumkin edi
Foto: Insider
Dastlabki eskizlarda sitxlar lordi turli rangda yonuvchi qilich bilan tasvirlangan.