Toshkent shahridagi Xalqlar do‘stligi (sobiq Bobur nomidagi) bog‘ida Shomahmudovlar oilasi haykalini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, deya xaba bermoqda UZ24.
Ushbu monument 2008-yili Toshkent shahrining chekka qismiga ko‘chirilgan edi. Haykalning shahar markazida rasmiy ochilishi 7-may sanasiga belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, Shomahmudovlar oilasi Ikkinchi jahon urushi yillari turli millatga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani asrab olgan.
Izoh (0)