O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Prezident devonining Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatiga aylantirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Mazkur hujjat bilan Prezidentning davlat masalahatchisi Tursunxon Xudoyberganov boshqarayotgan xizmat oldiga, jumladan:
Fuqarolar va yuridik shaxslar huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlari himoyasiga qaratilgan murojaatlar bilan ishlashning sifat jihatdan yangi, samarali tizimi faoliyatini ta’minlash;Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari ta’minlanishi holatini chuqur tahlil etish, bu boradagi muammo va nuqsonlarni aniqlash;
Murojaatlarni ko‘rib chiqish davomida aniqlangan, birinchi galda fuqarolarning huquq va erkinliklariga taalluqli tizimli nuqsonlar sabab va shartlarini bartaraf etishga qaratilgan, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasi faoliyati samarali tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan Prezidentga muntazam ma’lumotlar taqdim etish kabi vazifalar yuklatilgan.
Izoh (0)