iPhone smartfonlarining ikkinchi chorakdagi sotuvi hajmi pasaydi. Apple hisobotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Kommersant”.
Kompaniya 50,76 million iPhone sotdi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 51,19 millionni tashkil etgandi.
Shu bilan birga, kompaniya choraklik dividendlarni 10,5 foizga oshirdi. Biroq, investorlarga bu ta’sir qilmadi va Apple aksiyalari 1,9 foizga, 144,65 dollargacha pasaydi.
Apple foydasi 4,9 foizga, 11 milliard dollardan ko‘proqqa yetdi. Tushum esa 4,6 foizga ortib, 52,9 milliardni tashkil etdi.
Izoh (0)