Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Peter Burian 26—28-aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Yevroittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi UzDaily.
Tashrif doirasida rasmiy shaxslar, fuqarolik jamiyati va ishbilarmon doiralar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, elchi Yevroittifoq tomonidan O‘zbekistonda moliyalashtirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)