Yozgi mavsumda hamma ham sabzavot va mevalarni to‘yib yeyishni, butun yilga yetadigan vitaminlar g‘amlab olishni xohlaydi. Yozda o‘z mehnati mevalaridan bahramand bo‘lish uchun bahorda nimalar ekish kerak?
Polizni bog‘ ko‘katlaridan boshlaymiz. U hech qachon xalal bermaydi, yangiligida ham va muzlatilgan holatda ham kerak bo‘ladi. Piyoz, sarimsoq va boshqa ko‘katlarni ekishda ijodiy yondashishga harakat qiling – ularni unchalik katta bo‘lmagan aylana ichiga, spiral bo‘ylab, yoki qutilardan qilingan zinalardan foydalanib baland piramida shaklida eking. Yana nimalar eksa bo‘ladi?
- bahorgi sarimsoq;
- piyoz;
- xushbo‘y o‘tlar;
- petrushka, oshko‘klar, shovul, salat bargi, rediska. Erta bahorda ekishdan oldin urug‘larni ivitish shart emas;
- ertachi sabzi;
Aprel oyi oxirlarining iliq kunlarida ertachi karam ekila boshlaydi. Uzunchoq qovoqchalarni ham ekib ko‘rish mumkin. Muzlash holatlarida esa ularning ustini yopishga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek bryussel, savoy karamlari, brokkoli, pomidor urug‘larini bilan ekish mumkin. Tajribalarga ko‘ra, tuproq pomidorlari juda mustahkam, har xil kasalliklarga chidamli bo‘lib o‘sadi.
May oyi boshlarida birinchi bodringlarni ochiq tuproqqa ekishni boshlash mumkin. Bundan tashqari may oyida issiqlikni yaxshi ko‘ruvchi ekinlar: makkajo‘xori, tarvuz, qovun va qovoqlarni eksa bo‘ladi.
Izoh (0)