Venesuelada 19-aprel, chorshanba kuni o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida yuz bergan otishmada ikki talaba va Milliy gvardiya serjanti halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Shuningdek, namoyishlarda ishtirok etgan 400 dan ortiq kishi hibsga olindi.
Muxolifat tarafdorlari poytaxt Karakas va boshqa shaharlarda prezident Nikolas Maduroning “demokratiyaga zid, mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqarayotgan siyosati”ga qarshi norozilik bildirdi.
O‘z navbatida, prezident tarafdorlari ham poytaxtda aksilnamoyish o‘tkazdi. Ikki tomondan ham ommaviy aksiyalarda bir necha yuz ming kishi ishtirok etgani bildirilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)