KXDRdagi yagona poligon — Pung-rida yangi yadro sinoviga tayyorgarlik to‘xtatildi va kutish rejimiga o‘tkazildi. Bu haqda Shimoliy Koreya muammosiga ixtisoslashgan 38 North internet-portaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, yadro zaryadi borligi taxmin etilayotgan kondan suvni nasos bilan tortib chiqarish to‘xtatib qo‘yilgan. Shuningdek, avvalgi suratlarda kon yaqinida ko‘rinib turgan og‘ir yuk mashinalari ham g‘oyib bo‘lgan. Poligonning uch joyida yaqinda voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan. Xususan, yangi voleybol to‘ri ushbu obyektning markaziy qo‘mondonlik punkti yaqinida tortilgan.
38 North tahlilchilari fikricha, bularning barchasi yadro sinovi haqidagi qaror hozircha to‘xtatib qo‘yilganidan darak berishi mumkin. Ekspertlar sinov KXDR rahbariyati farmoni bilan har qanday fursatda o‘tkazilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)