Buxoro viloyati hokimligida 17-aprel kuni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirokida hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda hokimlik axborot xizmati.
Xabar berishlaricha, Buxoro viloyatida 2017-yil boshidan beri turli lavozimlarda ishlab kelayotgan jami 57 nafar rahbarlar vazifasidan ozod etilgan.
Qayd etishlaricha, ular “mehnat faoliyati davomida berilgan topshiriqlarga nisbatan mas’uliyatsizligi, rahbarlik qilayotgan tizimida ijro intizomini susaytirganligi hamda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun” ishdan bo‘shatilgan.
“Yig‘ilishda viloyatda ijro intizomi sifatini kuchaytirish yuzasidan aniq tizim belgilab olindi”, — deyiladi hokimlik axborot xizmati xabarida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)