O‘zbekiston Prezidentining 4-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Samarqand viloyatidagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ham GM Uzbekistan’da ishlab chiqarilgan avtomobillarni navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish imkoniga ega ega bo‘ldi.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatiga xabariga ko‘ra, viloyatning Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 100 yoshni qarshi olgan Samandar bobo Pardayev va Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilib kelayotgan 92 yoshli Rahmat bobo Qobilovga Damas avtomobillari tantanali ravishda topshiriladi.
Shu kuni urush qatnashchilarining xonadonlari ularning yaqinlari, tuman hokimligi, keng jamoatchilik vakillari bilan yanada gavjum bo‘lib, “dildan kechgan samimiy suhbatlar shodu xurramlikka ulanib ketdi”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)