Ispaniyaning Patentes Talgo kompaniyasi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” uchun tayyorlangan Talgo 250 poyezdi negizidagi yangi “Afrosiyob” poyezdining navbatdagisi dengiz yo‘li orqali Bilbaodan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib keldi.
“Afrosiyob” poyezdlarini to‘rtinchi marta O‘zbekistonga yetkazib berayotgan UCL Holding kompaniyasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, poyezd 14-aprel kuni Peterburg portiga tushirilgan. Uni keyinroq “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi teplovozi O‘zbekistonga olib ketishi aytilmoqda.
Yangi “Afrosiyob”larning dastlabkisi 2017-yilning mart oyida O‘zbekistonga yetib kelgan edi. Bungacha 2011-yili dastlabki ikkita Talgo poyezdlari O‘zbekistonga olib kelingan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)