O‘zbekiston hukumati qarori bilan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Xususan, mazkur dasturga maishiy texnika, tibbiy asbob-uskunalar, qurilish materiallari va boshqalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha 12 ta loyiha kiritildi.
Dasturga yangitdan kiritilgan tashkilotlarga nisbatan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar joriy yil 17-aprel, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar esa 2017 yil 1-maydan boshlab qo‘llaniladi.
Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)