O‘zbekistonga 19-aprel kuni Ummon Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi Badr bin Hamad al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiya keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ummon delegatsiyasi uch kunlik tashrif davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tomonidan qabul qilinadi hamda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etadi.
“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi savdo vazirligida ham muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan”, — deyiladi TIV axborotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)