Tadbirkor Alisher Usmonov Rossiya rezidenti bo‘lib qoldi hamda jismoniy shaxs va aktivlar egadoshi sifatida soliqlar to‘lamoqda. USM Holdings’ning u Rossiyadan tashqarida 183 kundan ortiq vaqt o‘tkazgani haqidagi xabari noto‘g‘ri talqin qilingan. Bu haqda biznesmenning o‘zi “Vedomosti” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Shunga qaramasdan ham men Rossiya soliq rezidentiman, barcha shaxsiy soliqlarni men shu yerda to‘layman. Ustiga-ustak, ushbu soliqlar to‘langan daromadlarning yarmidan ko‘pini men Rossiya Federatsiyasidan tashqarida ishlab topganman: bu asosan Rossiya tashqarisidagi qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalardan olingan daromadlar”, — deya aniqlik kiritdi Usmonov.
Biznesmen aytishicha, 2016-yil uchun undan jismoniy shaxs sifatida soliq ushlanmalari hajmi soliqlarni hisobga olganda 400 million dollardan oshgan.
Izoh (0)