• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 11-aprel kuni kengaytirilgan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA (arxiv)

    Foto: O‘zA (arxiv)

    Unda O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalari rahbarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, mamlakat shahar va tumanlari hokimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Selektor yig‘ilishida dastlab hayotiy muhim masalalar bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi ishlarning ahvoli muhokama qilindi.

    Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda Prezidentning Virtual qabulxonasi tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshlagani xalq manfaatlarini ta’minlash, mamlakatni yangilash va demokratlashtirish yo‘lidagi ulkan amaliy qadam bo‘lgani alohida ta’kidlandi.

    Joriy yil boshidan buyon Virtual qabulxonaga 315 mingta murojaat kelib tushgan. Joylardagi Xalq qabulxonalarida 47 mingdan ortiq fuqaro qabul qilingan va ularni qiynayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan.

    Shu bilan birga, joylarda ba’zi rahbarlarning aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlari va haqli talablariga befarq munosabatda bo‘layotgani ko‘zga tashlanmoqda. Shikoyatlarning 70 foizi bevosita mahalliy hokimlik va idoralarning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha bo‘lsa-da, afsuski, ko‘tarilayotgan muammolar joyida hal etilmasdan qolmoqda. Shuning uchun aholi va yuridik shaxslar markaziy idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.

    Yig‘ilishda mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, bosh vazir Abdulla Aripov, Prezidentning Davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganovga ko‘plab murojaatlar, ayniqsa, takroriy murojaatlarga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni bir oy muddatda o‘rganib chiqib, ularni hal etish yuzasidan kompleks takliflar tayyorlash vazifasi topshirildi.

    Selektor yig‘ilishida kun tartibidagi navbatdagi masala – mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

    Mustaqillik yillarida oziq-ovqat xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlash sohasida ulkan ishlar amalga oshirilgani, yildan-yilga xalq farovonligi ortib, turmush darajasi va sifati yuksalib borayotgani qayd etildi. O‘zbekiston tarixan qisqa muddatda asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan nafaqat o‘z aholisini to‘liq ta’minlashga erishgani, balki eksportga mahsulot yetkazib berayotgani o‘tgan yillar davomida sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning natijasidir.

    Ayni vaqtda O‘zbekistonning ayrim hududlarida bu borada jiddiy oqsoqlik ko‘zga tashlanmoqda. Ba’zi mintaqalarda yaratilayotgan qulay sharoit va imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan o‘z aholisini to‘liq ta’minlashga erishilmagan. Masalan, Qashqadaryo viloyatida mahalliy aholini hududda yetishtirilgan meva bilan ta’minlash darajasi 71 foizni, Sirdaryo viloyatida 85 foizni tashkil etmoqda. Bu albatta hech kimni qanoatlantirmaydi.

    Yig‘ilishda bu boradagi mavjud muammolarni hal etish yo‘llaridan biri — bu aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishi bilan uzviy bog‘liq ekani ta’kidlandi. Afsuski, bu boradagi ahvol hamma joyda ham talab darajasida, deb bo‘lmaydi. Masalan, joriy yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, Navoiy viloyatida 27 foiz, Samarqand viloyatida 45 foiz, Buxoro viloyatida 47 foiz, Jizzax viloyatida 50 foiz tomorqa yerlarida, afsuski, oziq-ovqat ekinlari va mevali daraxtlar ekilmagan.

    Ana shu masalalarni hal qilish yuzasidan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va hokimliklar rahbarlariga oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va eksport hajmini ko‘paytirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi. Jumladan, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan 66 tumandagi 455 ming gektar unumdor yerdan, 2017—2020-yillarda paxta va g‘alladan bo‘shaydigan 215 ming gektar maydondan unumli foydalanish zarurligiga urg‘u berildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi 4 million 600 ming xonadonga tegishli 515 ming gektar tomorqa yerlariga joriy yilning 1-mayiga qadar oziq-ovqat ekinlarini to‘liq ekishni ta’minlash lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.

    Selektor yig‘ilishida yana bir muhim masala — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy rahbarlarning o‘rni va mas’uliyatini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Avvalo, mahalliy rahbarlarning joylarda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi va eksportni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi jon boshiga daromadlar o‘sishini ta’minlashga qaratilgan ishlarni tashkil qilish va ularning qat’iy nazoratini amalga oshirish borasidagi muhim vazifalari belgilandi. Mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarni xalqqa begona bo‘lgan turli oqimlar ta’siridan himoya qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Joylardagi moliya-soliq organlarining asosiy vazifasi sifatida mahalliy byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish zarurligi qayd etildi.

    “Biz barchamiz mamlakatimiz va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan izchil va mutanosib rivojlantirish, xalqimiz bilan doimiy va ochiq muloqot olib borish orqali yurtdoshlarimizni tashvishga solayotgan hayotiy muammolarni o‘z vaqtida va samarali hal etish, aholi uchun har tomonlama munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni o‘z zimmamizga olganimizni doimo yodimizda tutib, shu asosda faol ish olib borishimiz kerak”, — deb ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti.

    Bu vazifalarni bajarish O‘zbekiston Prezidenti, bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, hukumatning har bir a’zosidan boshlab, eng quyi bo‘g‘indagi idora va tashkilotlar rahbarlari, barcha xodimlardan mas’uliyatni chuqur his etib, qat’iy tartib-intizom bilan fidokorona mehnat qilishni, eng muhimi, amaliy natijalarga erishishni talab etishi alohida qayd etildi.

    “Mamlakatimizda qabul qilinayotgan har bir qonun, farmon, qaror va farmoyish, barcha topshiriqlar o‘z vaqtida, sifatli va so‘zsiz bajarilishi zarur”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

    Yig‘ilishda Prezidentning Davlat maslahatchilari, bosh vazir o‘rinbosarlari, bosh prokuror, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, respublika tumanlari va shaharlari hokimlari, mahalliy idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

    Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilandi.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    11.04.2017, 22:36   Izoh (0)   46678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Marketing premium 2017 iste’molchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgan brendlarni aniqladi

    11.04.2017, 21:49

    Toshkentdan Dushanbega birinchi aviareys, Rossiyada 90 kunda 1629 dona mashina sotgan GM Uzbekistan, diplomlari O‘zbekistonda sinovlarsiz tan olinadigan chet elnin...

    11.04.2017, 21:09

    Sergeli tumanida nafaqaxo‘rni urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan Lacetti haydovchisi qo‘lga olindi

    11.04.2017, 19:35

    Shavkat Mirziyoyev Misr prezidentiga hamdardlik bildirdi

    11.04.2017, 18:55

    Jizzaxda Xalqlar do‘stligi shoh ko‘chasi Islom Karimov deb qayta nomlandi

    11.04.2017, 18:17

    “Сочная Долина” shahar ekologiyasini yaxshilash bo‘yicha aksiya o‘tkazmoqda

    11.04.2017, 17:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.