10-aprel, dushanba kuni soat 10:30 atrofida Toshkent shahrining Sergeli tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.
“Hokimiyat” avtobus bekati oldida 23 yoshli Lacetti haydovchisi pensionerni urib yuborgan.
Yigit, jabrlanganga yordam ko‘rsatish va Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarini chaqirish o‘rniga, voqea joyidan qochib ketgan.
67 yoshli erkak Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga (16-shahar kasalxonasi) oyog‘i singan holda olib kelingan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tushlikka yaqin Lacetti haydovchisini qo‘lga olgan.
“Avtomobil jarima maydonchasiga jo‘natildi, haydovchiga esa eng kam oylik ish haqining 30 barobari miqdorida jarima va yarim yildan 2 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lish xavfi ostida qolmoqda”, — deyiladi xabarda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)