GM Uzbekistan kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarni navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish tartibi belgilandi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu tartibga muvofiq O‘zbekiston Mudofaa va Moliya vazirliklari huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan hududiy taqsimoti bo‘yicha shakllangan Ikkinchi jahon urush faxriylarining to‘liq ro‘yxati GM Uzbekistan kompaniyasiga taqdim etildi.Sertifikatda ko‘rsatilgan imtiyoz asosida sotib olingan avtomobilga birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko‘rsatish jamiyat tomonidan bepul amalga oshiriladi. Imtiyoz bir martalik hisoblanib, 2017-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.GM Uzbekistan har bir urush faxriysi nomiga beriladigan imtiyozli sertifikat ishlab chiqargan. Sertifikatlar Ikkinchi jahon urush faxriylariga “Nuroniy” jamg‘armasi va tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari mutasaddi xodimlari hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tarqatiladi.
Sertifikatlarni topshirish chog‘ida har bir urush faxriysiga beriladigan imtiyoz shartlari, amalga oshirish tartibi to‘liq tushuntiriladi.
Akbar Axtamov, “Samarqandavtotexxizmat” kompaniyasi boshqaruvi raisi
Nogironligi va kasalligi tufayli urush faxriysining avtomobil olishga shartnoma tuzish uchun imkoniyati bo‘lmagan taqdirda uning navbatsiz olish imtiyozi faxriyning o‘z rozilik arizasi bilan bevosita qarindoshi yoki qarovchisiga faxriyning yashash manzildagi mahalliy fuqarolik organlari, mahalla qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida tuzilishi mumkin.
Shartnomaviy buyurtma tuzish uchun pasport, 1941—1945-yillarda urush qatnashchisi ekanligi haqidagi hujjat, nogironligi to‘g‘risida guvohnoma, imtiyozli sertifikat taqdim etilishi zarur.
To‘lov xalqaro plastik karta, so‘mlik plastik karta orqali yoki naqd pul topshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)