Qozog‘istonda Chevrolet NIVA avtomobillarining seriyali ishlab chiqarilishi boshlandi. Bu haqda “GM-AvtoVAZ” qo‘shma korxonasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Kustanay shahridagi ‘SariarkaAvtoProm’ korxonasida Chevrolet NIVA avtomobillarining seriyali ishlab chiqarilishi boshlandi. Buning uchun Tolyattidan zarur ehtiyot qismlar yetkazib berilmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
“GM-AvtoVAZ” va “SariarkaAvtoPro” o‘rtasida yig‘iladigan komplektlar yetkazib berilishi bo‘yicha kelishuv 2017-yil yanvarida imzolangan edi. Ishlab chiqarishning rejalashtirilayotgan hajmlari oshkor etilmadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kustanayda Ravon avtomobillari yig‘ilishi boshlanishi bildirilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)