Toshkentning Chilonzor tumani Usmur ko‘chasida 7-aprelga o‘tar kechasi odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
“Novosti Uzbekistana” xabariga ko‘ra, ichida ikki erkak bo‘lgan VAZ-2104 avtomobili yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan.
Yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan shaxs hodisa joyida vafot etgan, haydovchi esa shahar kasalxonalaridan biriga yotqizilgan.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobilning haydovchisi ham, yo‘lovchisi ham mast holda bo‘lgan.
“Avariya ham aynan shu sababli ro‘y bergan: mast haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, katta tezlikda to‘siqqa borib urilgan”, — deyiladi nashr axborotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)