Suriyadagi aviabazaga raketali zarba berish uchun AQSh prezidenti Donald Trampga Kongress ruxsati talab qilinmagan. Bu haqda Oq uy huquqiy maslahatchisi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytiladi, deb yozadi “TASS”.
“Kongress ruxsati talab etilmaydi, — deyiladi hujjatda. — Amerika raketali hujumlari mintaqada barqarorlikni mustahkamlash, kimyoviy quroldan foydalanishga to‘sqinlik qilish va fuqarolarni vahshiyona jinoyatlardan himoya qilish kabi qator omillardan kelib chiqib, o‘rinli kuch qo‘llanilishi bo‘lgan”.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Trampning xatti-harakatlari avvalgi prezident Barak Obama 2011-yil Liviyada olib borgan harbiy operatsiya bilan baravar. Huquqiy maslahatchi Oq uy xo‘jayini “AQSh milliy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega” ekanligini qayd etadi. Ushbu holatda esa, uning talqiniga ko‘ra, mamlakat milliy manfaatlari — bu “kimyoviy qurol qo‘llanilishi tahdid solayotgan mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash”.
Izoh (0)