BMT Xavfsizlik kengashining muvaqqat a’zosi bo‘lgan Boliviya AQShning Suriyadagi aviabazaga raketali zarbalarini muhokama qilish uchun shoshilinch uchrashuv o‘tkazishni so‘radi, deb yozadi “TASS” Xavfsizlik kengashiga a’zo mamlakatlardan birining diplomatiga tayanib.
“Boliviya Xavfsizlik kengashi uchrashuvi o‘tkazilishini so‘radi, u qachon o‘tkazilishi hozircha aniq emas”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
6-aprel, payshanba kuni AQSh qurolli kuchlari prezident Donald Tramp buyrug‘i bilan Suriyaning Xoms provinsiyasidagi harbiy aerodromga qarata 59 ta qanotli Tomahawk raketalarini uchirdi. Raketa zarbasi 4-aprel kuni Suriyaning Idlib provinsiyasida kimyoviy quroldan foydalanilgani uchun javob bo‘ldi. AQSh rahbariyati taxmin etilayotgan kimyoviy hujum ushbu aerodromdan boshlangan, deb hisoblaydi.
Izoh (0)