Moskva G‘arbiy Quddusni Isroil poytaxti sifatida qabul qilmoqda, deb yozadi “Vedomosti” Rossiya tashqi ishlar vazirligining Falastin-Isroil muammosini tartibga solishga bag‘ishlangan bayonotiga tayanib.
“BMTning tartibga solish tamoyillari haqidagi qarori, shu jumladan Sharqiy Quddusning bo‘lajak Falastin davlati poytaxti sifatidagi maqomi tarafdori ekanligimni tasdiqlaymiz. Shu bilan bir vaqtda, ushbu kontekstda G‘arbiy Quddusni Isroil Davlati poytaxti sifatida qabul qilishimizni aytishni zarur deb hisoblaymiz”, — deyiladi bayonotda.
Tashqi ishlar vazirligi Falastin-Isroil muammosini tartibga solish borasidagi vaziyatdan chuqur xavotirda, chunki siyosiy muzokaralar bo‘lmasa, “joylardagi muhit uzluksiz degradatsiyalashib boradi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)