Sankt-Peterburg metrosida 3-aprel, dushanba kuni terakt yuz berdi: “Sennaya ploshchad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlari oralig‘ida qo‘lbola portlovchi uskuna harakatga keldi. Portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq odam jabrlandi. Bundan tashqari, “Ploshchad Vosstaniya” bekatida yana bir bomba topilib, zararsizlantirildi. Hozircha hech bir tashkilot mazkur terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Meduza nashri hodisa joyidan olingan fotosuratlarni e’lon qildi.
Diqqat! Fotosuratlarda jabrlanuvchilar aks etgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)